Izlash

"O‘zbekiston-Qozog‘iston” Mintaqalararo biznes forumi

Forum mintaqaviy hamkorlik sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbirdan so‘ng “Global Textile” korxonasi rahbariyati va Turkiston viloyati hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 2023-yilda Turkiston viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan boshqa qator loyihalar muhokama qilindi.

Keyingi uchrashuv kelasi yilning yanvar oyida Qozog‘istonning Maktaaral viloyatida bo‘lib o‘tadi va u yerda tomonlar o‘rtasidagi yakuniy kelishuvlar belgilab olinadi.

"O‘zbekiston-Qozog‘iston” Mintaqalararo biznes forumi