Izlash

O‘zbekiston Yevropa bozoriga tayyormi?

12/02/2026

O‘zbekiston Yevropa bozoriga tayyormi?

Bu savol hanuzgacha mamlakat tashqarisida yangraydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar Yevropa talablariga to‘liq moslasha olmaydi, degan stereotip hamon mavjud.

Bugungi kunda mamlakatning to‘qimachilik sohasi ushbu yo‘nalishda izchil rivojlanmoqda: zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda, sifat nazorati kuchaytirilmoqda, xalqaro talablarga mos ish standartlari shakllantirilmoqda.

Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar doirasida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan Ispaniyaning Ayeco kompaniyasi vakillari, jumladan, Alejandro Pastrana boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Yevropa bozoridagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari hamda eksport salohiyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Global Textile uchun bunday uchrashuvlar uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirish yo‘lidagi izchil ishlarning bir qismidir. Biz yaxshi bilamizki, ishonch sifat, mas’uliyat va real natijalar orqali bosqichma-bosqich shakllanadi. Biz aynan shu yo‘ldan borishda davom etamiz.