Izlash

O'qituvchilar kuniga bag'ishlangan tanlov natijalari

Hurmatli hamkasblar! Biz bazi bloggerlarning tadbirlaridan ruxlangan xolda, хar birimizning ustoz va murabbiylarimizni eslash va ularni kasb bayramlari bilan tabriklash uchun o'zimizning tadbirimizni yo'lga qo'yishga qaror qildik. Bizga ta'lim bergan va tarbiyalagan insonlarni qadrlash xar birimiz uchun muhim deb xisoblaymiz.
 

Tadbirda qatnashish shartlari:

1. Sizga ta'lim bergan o'qituvchingiz uchun gul sotib oling (farzandingiz o'qituvchisi uchun emas!).

2. Ularni bayram bilan tabriklang.

3. O'qituvchingiz bilan birga rasmga tushing.

4. Ushbu foto suratingiz, ism sharifingiz va qaysi tashkilotda ishlashingizni (GTS, FGT yoki boshqa) telegram orqali @global_textile_pr ga 2 oktyabr, soat 17:59 ga qadar jo'natishingiz zarur.
 

Agar o'qituvchingiz bilan video olsangiz, yoki o'qituvchingiz videomurojat yo'llashni xoxlasa, 10 soniyadan oshmagan video olib, uni ham jo'natishingiz mumkin.
 

Ushbu tadbir yakuniga ko'ra, tadbirda qatnashgan barcha Global Textile guruhi hodmlariga bir martalik mukofot puli to'lanadi.

O'qituvchilar kuniga bag'ishlangan tanlov natijalari