Organika daladan boshlanadi
22/05/2025




Quyi Chirchiq tumanida, Global Textile tomonidan amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi loyihasi doirasida “Organik paxta yetishtirish” mavzusida mazmunli trening bo‘lib o‘tdi.
GIZ hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda har kuni yer bilan ishlaydigan — fermerlar va agrosoha mutaxassislari ishtirok etdi.
Trening davomida organik dehqonchilikning asosiy tamoyillari, shuningdek, fermerlar amaliyotda duch kelayotgan holatlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z savollarini berdilar, fikr almashdilar va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Organik qishloq xo‘jaligi — bu, avvalo, mas'uliyat: yerga nisbatan, insonlarga nisbatan va kelajak avlod oldidagi mas'uliyatdir.
Barqaror rivojlanishni asosi bu daladir. Dala esa o‘z o‘rnida izlanuvchan, tirishqoq va daʼdil insonning mehnati ila ko‘karadi.