Izlash

Ozarbayjon delegatsiyasining Global Textile Solutions kompaniyasiga tashrifi

2022-yilning 1-avgust kuni “Global Textile Solutions” korxonasida Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov boshchiligidagi Ozarbayjon delegatsiyasining “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Assotsiatsiya raisi Ilhom Xaydarov mehmonlar uchun korxona bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdi, to‘qimachilik klasteri konsepsiyasini tushuntirib o‘tdi va O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini yaqin yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi bilan tanishtirdi. “Global Textile” kompaniyalar guruhi rahbari Muzaffar Razakov to‘qimachilik majmuasi faoliyati haqida taqdimotini namoyish etdi va yangi milliy premium R-Line brendini taqdim etdi.

Uchrashuvda tomonlar paxta-to‘qimachilik sohasida hamkorlik masalalarini hamda Ozarbayjonda EIZ bazasida qo‘shma to‘qimachilik korxonalarini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

M. Jabborov to‘qimachilik sanoatida erishilayotgan yutuq va islohotlarni yuqori baholadi. “Albatta, biz ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini aniqladik. Erishilgan kelishuvlar natijasida yaqin kelajakda Oʻzbekistonlik hamkasblarimizning javob tashrifi hamda Ozarbayjon va Oʻzbekiston sanoat korxonalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatilishi kutilmoqda”, - deya ta'kidladi vazir.

Tashrif yakunida tomonlar esdalik sovg‘alari bilan almashdilar.

Quyida “O‘zbekiston 24” telekanalining batafsil reportajini ko‘rishingiz mumkin.

Ozarbayjon delegatsiyasining Global Textile Solutions kompaniyasiga tashrifi