Oddiy mixdan paxta terish mashinasigacha. Bir ixtiro tarixi

Paxta terish texnikasi tarixidagi eng qiziqarli ixtirolardan biri oddiy mix va tonggi shudring bilan bogʻliq.

1927-yilda amerikalik ixtirochi Jon Rast bolaligida kuzatgan bir holatni esladi. Ertalab shudring tushgan paytda paxta tolalari nam barmoqlariga oson yopishib qolardi. U bu hodisani tekshirish uchun oddiy mixni namlab, paxta ichida aylantirib koʻrdi. Tolalar metallga oʻraldi.

Ushbu oddiy tajriba Rastga aylanuvchi shpindellar yordamida paxtani terib olish gʻoyasini berdi.

Keyingi yillar tajribalar, sinovlar va texnik yechimlarni takomillashtirish bilan oʻtdi. 1930-yillarda Jon Rast ukasi Mak bilan birgalikda ishlaydigan paxta terish mashinasini yaratishga muvaffaq boʻldi.

Paxta terish texnikasini takomillashtirish ustida Oʻzbekistonda ham ilmiy izlanishlar olib borilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev bir suhbatida yoshligidan muhandis-mexanik boʻlishni va insonlarni paxta dalalaridagi ogʻir qoʻl mehnatidan xalos etishni orzu qilganini aytgan. Uning ilmiy faoliyati ham paxta terish mashinalarining ishlashini takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan.

Oradan qariyb yuz yil oʻtdi. Qishloq xoʻjaligi texnikasi sezilarli darajada oʻzgardi. Bugun Global Textile dalalarida zamonaviy paxta terish kombaynlari ishni davom ettirmoqda.

Oktabr yakunlanayotgan boʻlsa-da, qulay ob-havo dala ishlarini davom ettirish imkonini bermoqda. Agrar jamoamiz har bir qulay kundan unumli foydalanib, yigʻim-terim mavsumini yakunlash ustida ishlamoqda.