Pijama avval kunduzgi kiyim bo‘lgan

Bilasizmi, pijamani avval kunduzi kiyishgan?
Bu so‘z fors tilidan kelgan va ikki qismdan iborat. “Pay” oyoq, “jama” esa kiyim degani. Osiyo mamlakatlarida har kuni kiyiladigan keng shimlar shunday atalgan.
XIX asrda inglizlar Hindistonda bu kiyimning qulayligini qadrlab, uni o‘z yurtlariga olib ketishdi. Asr oxiriga kelib Yevropada pijama erkaklarning odatiy tungi ko‘ylaklarini siqib chiqara boshlagan edi.
Bir yarim asr ichida pijama ancha o‘zgardi, ammo unga qo‘yiladigan asosiy talab o‘zgarmay qoldi. Pijama qulay bo‘lishi kerak, bunda esa tun bo‘yi teriga tegib turadigan mato katta ahamiyatga ega.
Global Textile kompaniyasida pijama va uy kiyimlari yumshoq trikotajdan tikiladi. Bu mato havo o‘tkazadi, harakatga moslashib cho‘ziladi va yuvilgandan keyin ham shaklini saqlaydi.
Yaxshi pijama kechqurun uxlashga yotganda ham, ertalab birinchi piyola choyni ichayotganda ham birdek yoqimli.