Polo tarixi qayerdan boshlanadi
15/06/2026

Polo futbolkasida tasodifiy detal uchramaydi.
Masalan, uning yoqasi dastlab faqat estetik ko‘rinish uchun yaratilmagan. Bir vaqtlar sportchilar o‘yin paytida bo‘ynini quyosh nurlaridan himoya qilish maqsadida yoqalarini ko‘tarib yurishgan.
Klassik polo futbolkaning ajralmas qismi hisoblangan pike matosi ham o‘zining qulayligi, amaliyligi va shaklini yaxshi saqlashi sababli bugungi kungacha dolzarbligini saqlab qoldi.
Ushbu kadrlarda ana shunday mahsulotlardan birining yaratilish jarayoni boshlanmoqda.
Polo futbolkasi ishlab chiqarish bosqichiga yetib kelishidan avval modellashtirish bo'limida ilk namuna tayyorlanadi. Aynan shu yerda mahsulotning dizayn ko'rinishi baholanadi, konstruktiv yechimlar aniqlashtiriladi va keyinchalik butun partiya uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan muhim qarorlar shakllantiriladi.
Har bir mahsulot ortida mutaxassislarning tajribasi, detallarga bo‘lgan e’tibor va har bir bosqichdagi puxta yondashuv mujassam.
Natijada esa minglab insonlarning kundalik hayotidan joy oladigan sifatli mahsulot dunyoga keladi.