Izlash

Jonajon yerlarni yashillikka burkashga

Press-tur kemasidan... jonajon yerlarni yashillikka burkashga

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining mashhur jurnalist va blogerlari uchun Global Textile korxonalari bo‘ylab press-tur tashkil etildi. Bu haqda sal avvalroq xabar qilgandik.

Mehmonlarning tashrifi korxonalarning birida “Obod qishloq” va “Obod mahalla" umumhashar tadbirlari bo‘lib o‘tayotgan vaqtga to‘g‘ri kelib qoldi.  

Tadbirni ko‘rgan OAV vakillari hasharchilarga yordam berish maqsadida, o‘zlari tashabbus ko‘rsatib, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga shu zaxoti kirishib ketishdi.

Atrof-muhit ekologiyasini yaxshilash va hududni obodonlashtirish kabi xayrli ishlar qalam ahlini birdamlashishlariga sababchi bo‘ldi.

Faqat bu safar ular odatiy qalam, kamera va bloknotni emas, balki dehqonchilik mehnat qurollarini sinovdnan o‘tkazishdi.

Oradan yillar o‘tib yerga qadalgan har bir ko‘chat, kun kelib daraxtga aylanadi, meva beradi, insonlarni quyoshdan saqlaydi va atrof muhitni poklaydi.

Jonajon yerlarni yashillikka burkashga