Qaysi mato dunyodagi eng qimmat bo’lib, qo’lda ishlab chiqariladi va bir necha oy mashaqqatli mehnat talab qiladi?
25/11/2024

Bu mato - tabiat va san’atning haqiqiy durdonasi. Uni yaratish uchun o‘simliklar poyasida yashiringan noyob tolalar yig‘iladi. Har bir tola shunchalik mo‘rtki, uni yig‘ib olgandan keyin bir sutka davomida qayta ishlash kerak. Bitta sharf yasash uchun esa ustalar ikki oy davomida tinimsiz ishlashadi. Natijada nafis, pishiq va ekologik toza mato yuzlab dollarga baholandi.
Uning nomi esa... nilufar shoyi.
"Global Textile"da biz, albatta, nilufardan tola olmaymiz, lekin o‘z ishimizga mehr va e’tibor bilan qaraymiz. 100% paxtadan tayyorlangan polotnolarimiz tabiatni asrab-avaylash va an’analarga hurmat bilan yaratiladi. Biz sizga sifat va qulaylikni taqdim etish uchun chiqindisiz texnologiyalardan foydalanamiz, ekologik toza yechimlarni ishlab chiqamiz va dizayn bilan tajriba o‘tkazamiz.
Bizning har bir polotnomiz mehnat, innovatsiya va eng yaxshi bo‘lishga intilish natijasidir.