Qiyin — demak, qiziqarli
23/10/2025

Biz ilk fabrikalarimizni ishga tushirganimizda, hammasi joyida tuyulardi: ip yigiryapmiz, mato to‘qiyapmiz, bo‘yayapmiz.
Ammo o‘sganimiz sari, nimadiryetishmayotganligisezila boshladi. Sifatni nazorat qilish uchun, uning manbasini ham nazorat qilish kerakligini tushundik.
Shu bois yo‘lni yerdan boshladik. O‘z dalalarimizni barpo qildik, ilg‘or paxta navlarini tanladik, tomchilatib sug‘orish va crop monitoring (ekinlarni kuzatish) tizimini joriy etdik. Fermerlar zamonaviy dehqonchilik va barqaror ishlab chiqarish usullarini o‘rganadigan agronomlar maktabini ochdik. Maqsadimiz oddiy ekish emas — bozor odatidan ham yaxshiroq paxta yetishtirish edi.
Dalalar birinchi hosilni ko‘targanda, tanlagan yo‘limiz to‘g‘ri ekanini bildik. Keyingi qadam — AQShning Lummus uskunalari o‘rnatilgan paxta qayta ishlash zavodi edi. Endi tola daladan yigirishgacha bo‘lgan yo‘lni to‘liq o‘z nazoratimizda bosib o‘tadi — toza, kuzatuvli va ishonchli.Endi tola daladan tortib yigirishgacha bo‘lgan butun yo‘lni o‘zimiz boshqaramiz — toza, izchil kuzatiladigan va tasdiqlangan sifat bilan.
Bu bob — maqsad va xarakter haqida. Yaxshini yanada yaxshiroq qilish istagi qanday qilib butun tizim ga aylanganligihaqida. Global Textile oson yo‘llarni tanlamaydi — lekin har bir tanlovimiz o‘sishga olib keladi.