Izlash

Qiziqish kasbga aylanganda

11/06/2026

Qiziqish kasbga aylanganda

Bir necha yil avval u universitetni tamomlab, Global Textile jamoasiga qo‘shildi.

O‘sha yillardayoqu ko‘p savollar beradigan, tajribali hamkasblarining maslahatlariga quloq tutadigan va har bir yangi imkoniyatni bilim olish uchun qadrlaydigan yosh mutaxassislardan biriga aylanib ulgurdi.

Ish jarayonida u muhim bir haqiqatni anglab bordi: zamonaviy qishloq xo‘jaligi tobora ko‘proq ma’lumotlar va tahlillarga tayangan holda rivojlanmoqda. Sun’iy yo‘ldosh monitoringi, ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, dalalar holatini baholash va turli jarayonlarni prognozlash bugungi kunda ko‘plab qarorlarning ajralmas qismiga aylangan.

Aynan shu qiziqish uni bilimlarini yanada chuqurlashtirishga undadi va u magistratura bosqichida ta’limni davom ettirdi.

Kompaniya esa uning o‘z ustida ishlash va rivojlanishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatladi. Zero, xodimlar salohiyatini oshirish Global Textile’ning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bugun u kompaniyaning monitoring bo‘limiga rahbarlik qilmoqda. Jamoasi bilan birgalikda o‘n minglab gektar maydonlarda kechayotgan jarayonlarni kuzatib, muammolar dalada sezilishidan avval ularni aniqlash va tahlil qilishga xizmat qilmoqda.

Yillar davomida texnologiyalar ham, vazifalar ham, mas’uliyat ko‘lami ham o‘zgardi. Biroq yangi bilimlarga intilish, samarali yechimlarni izlash va oldinga harakat qilish istagi o‘zgarmay qoldi.

Bu kabi hikoyalar professional o‘sish tasodifan yuz bermasligini yana bir bor eslatadi.

Uning poydevorida qiziqish, o‘rganishga bo‘lgan chanqoqlik va har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intilish mujassam.