Quyi Chirchiq tumaniga tashrif: taraqqiyot sari yangi qadamlar
28/01/2025



Hududlar bo‘ylab ish safarlarimiz davom etmoqda va bu safar Global Textile jamoasi Toshkent viloyatining eng yirik tumanlaridan biri bo‘lgan Quyi Chirchiq tumaniga tashrif buyurdi.
Joylardagi kompaniya xodimlari, pudratchilar, tuman va viloyat hokimliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik. Ushbu uchrashuvlar dolzarb vazifalarni muhokama qilish va kompaniyaning asosiy qadriyatlari - ochiqlik va mas’uliyatga asoslangan ish tamoyillarimiz bilan bo‘lishish imkonini beradi.
Ishonchimiz komilki, bu tamoyillar uzoq muddatli hamkorlikning asosi hisoblanadi. Ularni hamkorlarimiz bilan baham ko‘rib, biz muhim natijalarga erishish va ulkan rejalarni amalga oshirish uchun sharoit yaratamiz.