Izlash

Reklamatsiya yoki biz qabul qiladigan sinov.

08/01/2025

Reklamatsiya yoki biz qabul qiladigan sinov.

Ko‘pchilik kompaniyalar mijoz bilan ishni buyurtma yetkazib berilgandan keyin tugaydi, deb hisoblashadi. Ammo Global Textile’da ish aynan o‘sha yerda boshlanadi. Biz har bir yetkazib berishni faqat mahsulot emas, balki haqiqiy hamkorlikning boshlanishi deb bilamiz.

Reklamatsiya nima ekanligini bilasizmi?
Bu shunchaki shikoyat emas, balki mahsulotda yuzaga kelgan har qanday muammo haqida mijozning xabar berish imkoniyati. Reklamatsiya — bu mijozning fikrini tinglash va unga javob qaytarish jarayoni. Bu biz uchun muammoni tezkorlik bilan hal qilish, ishonchni mustahkamlash va sifatni doimiy ravishda oshirish imkoniyatidir. Reklamatsiya kamchiliklarni emas, rivojlanish va yaxshilanish uchun imkoniyatni anglatadi.

Eng ajoyib tomoni shundaki: Global Textile O‘zbekistonda reklamatsiya jarayonini samarali tashkil qilgan va mijozlari bilan hamkorlikni yuqori darajaga olib chiqishga intilayotgan kam sonli kompaniyalardan biri. Bizning maqsadimiz — har bir xaridingiz faqat mahsulot emas, balki ishonch va sifatga asoslangan tizimning bir qismiga aylanishidir.
Biz sifatli xizmat ko‘rsatish va mijozlarimiz ishonchini qozonishdan faxrlanamiz. Global Textile har kuni sifatga bo‘lgan e’tiborni amalda isbotlab keladi: biz uchun mukammallikka intilishning chegarasi yo‘q.