Izlash

Savob ishni har kuni qilish kerak

Juma kuni kechasi Uchko‘prik tumanidagi uylardan birida yong‘in boshlandi. Mahalliy aholi darhol bizga murojaat qildi va biz shu zahotiyoq harakatga kirishdik – Uchko‘prik Global Textile yangi korxonamizning o‘t o‘chirish jamoasi tezkorlik bilan yong‘inni o‘chirdi.

Global Textile xodimlarining tezkor va tartibli harakatli tutayli katta halokatga yo‘l qo‘yilmadi. Minnatdorchilik yuzasidan mahalla aholisi dasturxon yozdi va osh tarqatdi.

Xayrli ishni, ayniqsa qutlug‘ kunlarda, amalga oshirganimizdan mamnunmiz. Xodimlarimiz va yaqin atrofdagi mahallalar aholisi haqida qayg‘urish va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyatimizning asosiy tamoyillaridan biri. Bizga murojaat qilgan har bir shaxsga Global Texile nomidan yordam berishga doim tayyormiz.

 Savob ishni har kuni qilish kerak