Siz kiyim xarid qilganingizda hech o‘ylab ko‘rganmisiz: bu kiyim qayerdan kelgan?
27/06/2025

Gap do‘kon haqida emas — balki paxtaning o‘zi qayerda va qanday yetishtirilganligi haqida.
Yorliqda bor-yo‘g‘i uchta harf bo‘lishi mumkin: "BCI".
Oddiy qilib aytganda, bu mahsulotning pasporti: u paxta qanday sharoitda o‘sganini, uni kim terganini, bu jarayon qancha ekologik toza bo‘lganini va mehnat haqi halol to‘langanini bildiradi.
Endi esa bu belgini ko‘rganingizda bilishingiz mumkin, ushbu kiyim ortida haqiqiy mas'uliyat turibdi: suv cheksiz resurs sifatida ishlatilmagan, mehnatga haqqi vaqtida to‘langan, bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilmagan.
Shu bois, Global Textile xodimlari To‘qimachilik sanoatida xalqaro barqarorlik standartlari va sertifikatlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv treningida ishtirok etishdi — bu ularning standartlarni chuqurroq tushunishiga, yangi talablardan xabardor bo‘lishiga va har bir bosqichdagi ish sifatini yanada oshirishiga xizmat qiladi.