Studentlar tashrifi
26/02/2026

Bugun yoshlarning aksariyati IT, digital va kreativ yo‘nalishlarni tanlamoqda.
Muhandis, texnolog yoki agrar soha mutaxassisi bo‘lishni orzu qilayotganlar esa tobora kamayib bormoqda.
Shu tasavvurni o‘zgartirish maqsadida biz talabalar uchun korxonalarimizga amaliy tashriflarni muntazam tashkil etib boramiz.
Farg‘ona Davlat Texnika Universiteti talabalari Global Textile’ning Farg‘onadagi korxonasiga tashrif buyurdilar. Bu odatda ko‘zga ko‘rinmaydigan ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar barcha bosqichlar bilan tanishdilar. Mutaxassislarimiz xomashyoni tozalash texnologiyasi, sifat nazorati tizimi hamda tayyor mahsulotni saqlash talablari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashdi va ishlab chiqarish ko‘pchilik o‘ylagandan ancha zamonaviy va texnologik ekani namoyon bo‘ldi.
Ba’zan sohaga qiziqish uyg‘otish uchun jarayonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishning o‘zi kifoya.