Izlash

"Sultonobod" paxta qabul qilish punkti ochilishi

2022-yil 7-avgust kuni “Uchko‘prik Global Textile” (UGT) kompaniyasining "Sultonobod" paxta qabul qilish punktining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani rahbarlari, fermer va mexanizatorlar ishtirok etdilar. Tuman vakillari qizil lentani kesib, yangi korxona ishiga rivoj tilab fotiha berishgandan so'ng, Uchko‘prik Global Tekstil korxonasi hududida paxta xomashyosini ilk qabul qilish ishlari amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda, Uchko‘prik tumanida Global Tekstil guruhiga tegishli ikkinchi paxtani qayta ishlash zavodi qurilishi davom etmoqda va tez orada ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Global Textile kompaniyalar guruhi yangiliklarini kuzatib boring.

"Sultonobod" paxta qabul qilish punkti ochilishi