Global Textile’da sun’iy intellekt qo‘llanilishi
04/05/2026

Sun’iy intellekt ish jarayonlarining bir qismiga aylangan va amaliy vazifalarni hal qilishda qo‘llanilmoqda.
Global Textile’da u aynan jarayonlarga ta’sir qiladigan va qaror qabul qilishni tezlashtiradigan nuqtalarda ishlatiladi.
Agro yo‘nalishda bu hosildorlikni prognozlash bo‘lib, dala ma’lumotlari, ob havo va vegetatsiya bosqichlariga asoslanadi. O‘zgarishlar oldindan aniqlanadi va choralar o‘z vaqtida ko‘riladi.
Moliyaviy yo‘nalishda sun’iy intellekt ma’lumotlarni tez tahlil qilish, ssenariylarni solishtirish va og‘ishlarni aniqlashga yordam beradi. Bu katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda ayniqsa muhim.
Marketingda esa u bozorlar, mijozlar talablari va mahsulotlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun ishlatiladi. Bu tezroq yo‘nalish olish va aniqroq qaror qabul qilish imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda sun’iy intellekt asosidagi yechimlar ip yigirish va keyingi bosqichlarga integratsiya qilingan. Parametrlar doimiy nazorat qilinadi, og‘ishlar darhol aniqlanadi va sifat boshqariladigan ko‘rsatkichga aylanadi.
Bu yerda sun’iy intellekt aniq ma’lumot beradigan va qaror qabul qilish tezligini qo‘llab quvvatlaydigan tizim sifatida ishlaydi.