Izlash

Sun’iy tolalar paxtani butunlay siqib chiqarishi mumkinmi?

30/06/2025

Sun’iy tolalar paxtani butunlay siqib chiqarishi mumkinmi?

Bu bizga eng ko‘p beriladigan savollardan biri.
Bizningcha, qisman ha, lekin to‘liq emas. Paxta hali ham tabiiy va ishonchli material sifatida qolmoqda, ammo viskoza, liotsell kabi innovatsion tolalarga qiziqish ham ortib bormoqda.

Zamonaviy texnologiyalarga e’tibor qaratgan holda, biz Global Textile’da ushbu sohani faol rivojlantirayotgan malayziyalik hamkorlarimiz bilan kelgusi hamkorlik yo‘llarini muhokama qilishga qaror qildik. Tashrif davomida mehmonlar ishlab chiqarish bazamiz bilan batafsil tanishib chiqishdi, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish hajmi va ish tashkiloti haqida ko‘plab savollar berishdi. Ayniqsa, o‘zimiz ishlab chiqargan ip-kalava va laboratoriyalarimiz ularni katta taassurotga soldi.

Samimiy qiziqish va istiqbolli g‘oyalar uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Global Textile har doim sifat va an’analarni asrab, yangiliklarga ochiq bo‘lib qoladi!