Suv resurslari
10/02/2026

“So‘rang - javob beramiz” rubrikamiz doirasida bizga juda dolzarb va qiziqarli savol kelib tushdi.
Sizda yaqin bir necha yil uchun dalalarni sug‘orish bo‘yicha strategiya ishlab chiqilganmi?
Global Textile’da suv resurslaridan oqilona va raqamli yondashuv asosida foydalanishga qaratilgan, bir necha yilga mo‘ljallangan strategiya ishlab chiqilgan. Bu yondashuv tashkiliy, texnologik va agronomik choralarni o‘z ichiga olib, vegetatsiya davrini shoshilinch qarorlarsiz, suvni ortiqcha sarflamasdan barqaror o‘tkazish imkonini beradi.
Shu bilan birga, biz xalqaro tajribani o‘rganib, amaliyotga tatbiq etmoqdamiz. Isroil, AQSh, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislar bilan hamkorlikda pilot loyihalar va aniq hisob-kitoblar olib borilmoqda. Biz uchun asosiy maqsad, yerni bir mavsumlik natija uchun emas, balki kelajak avlodlar uchun saqlab qolishdir. Shu sababli tuproq bilan ishlashda muvozanatga, aniq me’yorlarga va agroximiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga alohida e’tibor qaratamiz.
Bahor oylaridagi ekin ekish jarayonida ushbu yondashuvlar dalada qanday ishlashini amalda ko‘rsatib beramiz.