Talabalar bilan uchrashuv
26/03/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z chiqishlaridan birida shunday ta’kidlagan:
"Mamlakatimizdagi 22 milliondan ortiq yoshlar timsolida biz ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz"
Bu so‘zlar yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, kelajak aynan bugundan — yosh avlod uchun yaratilayotgan bilim, tajriba va imkoniyatlar orqali shakllanadi.
Avvalroq Farg‘ona politexnika universiteti talabalari Farg‘onadagi paxta qayta ishlash zavodimizga tashrif buyurgani haqida yozgan edik. O‘shanda ham ularning qiziqishi ilk daqiqalardanoq sezilgan edi. Bugun esa ular yana bizning mehmonimiz bo‘lishdi.
Talabalar ishlab chiqarishning to‘liq jarayonini kuzatish, uning ko‘lami va oddiy ko‘rinadigan mahsulot ortida nechta bosqichlar borligini yaqindan ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Ularning aytishicha, eng katta taassurot - oddiy futbolka ortida qancha mehnat va nechta insonning hissasi borligini anglash bo‘ldi.
Biz doimo ochiq muloqot tarafdorimiz va o‘z tajribamiz bilan bo‘lishishga tayyormiz. Chunki yoshlarga kiritilgan investitsiya - bu barqaror rivojlanish va kuchli kelajak poydevori ekanligiga ishonamiz. Global Textile sanoat rivojiga hissa qo‘shuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.