
2026-yil 3-dekabr kuni Toshkentda “Textile Industry of Uzbekistan 2026” xalqaro forumi o‘tkaziladi. Tadbirda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Forumda 200 nafardan ortiq soha mutaxassisi hamda 40 dan ziyod investitsiya loyihasi vakillarining ishtiroki kutilmoqda. Tadbir to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, xalqaro xaridorlar, investorlar, uskunalar va texnologiyalar yetkazib beruvchilar, davlat idoralari hamda tarmoq tashkilotlari vakillarini birlashtiradi.
Dasturda zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, korxonalar samaradorligini oshirish, eksport strategiyalarini ishlab chiqish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Birinchi yalpi muhokamada Global Textile bosh direktori Muzaffar Razakov spiker sifatida ishtirok etadi.
Global Textile paxta yetishtirishdan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab olgan vertikal integratsiyalashgan ishlab chiqarish tizimiga ega. Kompaniyaning ushbu yo‘nalishdagi amaliy tajribasi ishlab chiqarish samaradorligi, texnologik rivojlanish va to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligi masalalarini har tomonlama baholash imkonini beradi.
Forum davomida ishtirokchilar investitsiya loyihalarini muhokama qilish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining istiqbolli yo‘nalishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Global Textile “Textile Industry of Uzbekistan 2026” xalqaro forumining media hamkori sifatida soha vakillari, xalqaro hamkorlar va manfaatdor mutaxassislarni ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif qiladi.
Sana: 2026-yil 3-dekabr
O‘tkazilish joyi: Toshkent, O‘zbekiston
Forum dasturi va ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot tadbirning rasmiy saytida mavjud: textileuz.com/en