Izlash

Umumiy kelajak uchun har bir kishining ovozi muhim!

28/10/2024

27-oktyabr, yakshanba kuni mamlakatimizda muhim voqea - Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov bo‘lib o‘tdi.

Global Textile kompaniyasi o‘z xodimlarining saylovdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlab, yuqori fuqarolik mas’uliyatini namoyon etdi. Hamkasblarimiz saylov uchastkalariga qiyinchiliksiz yetib borishi uchun saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida korporativ transport tashkil etildi.

Ijtimoiy mas’uliyat Global Textile korporativ madaniyatining ajralmas qismidir. Biz xodimlarimizning faol pozitsiyasidan faxrlanamiz va ularning mamlakatimizdagi demokratik jarayonlarni mustahkamlash va ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shishiga ishonamiz.