Izlash

Umumiy manfaat uchun mehnat qilish

Yaxshi hosil olish bu murakkab vazifadir. Va biz buni o‘z tajribamizdan kelib chiqib bilamiz, chunki bizga qarashli 1624 gektar yerda paxta yetishtiramiz. Uzluksiz tajriba va tadqiqotlar olib borib, biz Farg‘onda voddiydagi eng yaroqsiz, hech kimga qarashli emas yerlarni unumdor uchastkalarga aylantirdik. Hozir mazkur uchastkalar bizga yaxshi hosil beryapti. Bugun biz nafaqat qo‘lga kiritgan bilimlardan o‘z dalalarimizda amaliy foydalanyapmiz, shuningdek biz bilan hamkorlik olib borayotgan fermerlar bilan ham o‘rtoqlashyapmiz.

Global Textile mutaxassislari paxtani to‘g‘ri ekish va o‘g‘itlarni qo‘shish, qishloq xo‘jaligi sohasida ilm va texnikaning so‘nggi yutuqlaridan foydalanish muhimligini tushuntiryapti, ya’ni tomchilatib sug‘orish, yo‘ldosh texnologiyalaridan, zararkunandalar bilan kurashishda xavfsiz uslublardan foydalanishni o'rgatyapmiz. Shu bilan birga, biz tashkiliy masalalarda ham yordam beramiz: hujjatlarni rasmiylashtirishda, mahalliy hokimlik va ta’minotchilar bilan muzokara olib borishda, mahsulotni sertifikatsiyadan o‘tkazishda. Bundan tashqari, biz hamkorlarimizga ko‘mak berish uchun chetdan kompaniyalarni, xorijiy ekspertlarni ham jalb qilamiz. 

Birgalikda olib borilayotgan sa’y-harakat o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda. Fermerlar biz bilan hamkorlik olib borishning afzalliklarini yaqqol ko‘radi: hosildorlik sezilarli darajada o‘sadi, ishlab chiqarish va tashkiliy xarajatlari kamayadi. Teng huquqli hamkorlik olib borish tamoyiliga asoslangan kompaniyaning siyosati esa ular bilan samarali va uzoq muddatli munosabatlarni olib borishga imkon beradi. 

Ikkala tomonning manfaatlarini ko‘zlagan holda ochiq va halol ish olib borish Global Textile faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri. Bu kompaniya va fermerlar o‘rtasida hamkorlik olib borish negizidir.

Umumiy manfaat uchun mehnat qilish