USDA Global Textile da
02/02/2026

Global Textile kompaniyasida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) hamda AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda paxta-to‘qimachilik yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Barqaror ishlab chiqarish amaliyotlarini rivojlantirish, ta’minot zanjirlarining shaffofligini oshirish hamda savdo va tajriba almashuvi doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xorijiy bozorlarga chiqish, xalqaro standartlarga moslashish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan Amerika tomoni o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Global Textile kompaniyasida bunday uchrashuvlar xalqaro aloqalarni mustahkamlash va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlarning bir qismi sifatida baholanadi.