Izlash

UzTextileExpo Autumn 2022

«Jahon to‘qimachilik bozorida yangi muvozanat va Fast Fashion tendensiyalari» mavzusiga bag‘ishlangan sammitda xalqaro tashkilotlar va chet el kompaniyalari ishtirok etdi. Spiker sifatida taklif etilgan M.Razakov, paxta-to‘qimachilik klasterlarning istiqbollari haqida Global Textile misolida gapirib berdi.

Shuningdek, anjuman doirasida M.Razzakov kompaniyada bugungi kunda tomchilatib sug‘orish tizimi, sun'iy yo‘ldosh orqali kuzatish tizimi - Сrop Monitoring, qishloq xo‘jaligini samarali boshqarish tizimi – Planado, eng zamonaviy uskunalar va ishga innovatsion yondashuv kabi masalalarga chuqurroq to‘xtalib o‘tdi. Shubhasiz, bularning bari zamon bilan hamohang qadam tashlanayotganligini anglatadi. Bundan tashqari, yaqin kelajakda Track & Trace loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilayotganligi ham ma’lum qilidni.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” (https://t.me/uztsuz) uyushmasidagi hamkasblarimizga Toshkent to‘qimachilik sammitiga taklif qilganliklari uchun  minnatdorchilik bildiramiz. Sammit bizlar uchun yangi tanishuvlar orttirish va xalqaro tashkilot mutaxassislari bilan hamkorlikni muhokama qilish imkoniyatlarini taqdim etdi.

UzTextileExpo Autumn 2022