26 yoshida tekstil sanoatini oʻzgartirgan ixtirochi

1589-yilda 26 yoshli angliyalik Uilyam Li birinchi trikotaj toʻqish mashinasini ixtiro qildi. Rivoyatlarga koʻra, bunga uning sevgilisi sababchi boʻlgan. Qiz toʻqishga shunchalik berilib ketganki, Uilyamga deyarli vaqt ajratmagan.

Qirolicha Yelizaveta I unga patent berishni rad etdi. Buning sabablaridan biri mashinalar qoʻlda toʻqish bilan shugʻullanuvchi ayollarni ishsiz qoldirishi mumkinligi haqidagi xavotir edi. Li mashinasini takomillashtirdi, yana urinib koʻrdi, keyin esa ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun Fransiyaga ketdi. U oʻsha yerda vafot etdi va oʻz ixtirosi tekstil sanoatini qanday oʻzgartirganini koʻra olmadi.

Oradan 437 yil oʻtdi. Bugun Global Textile ishlab chiqarish korxonalarida zamonaviy trikotaj toʻqish mashinalari ishlamoqda. Ularning asosida esa Uilyam Li qoʻllagan oʻsha toʻqish tamoyili yotadi.

Bu hikoya bugun yigirma yoshdan oshgan yoshlarga bagʻishlanadi. Siz kasb tanlayapsiz, yangi texnologiyalarni oʻrganyapsiz, ilk gʻoyalaringizni ilgari suryapsiz. Ular ham darhol qabul qilinmasligi mumkin. Baʼzan qayta ishlashga, yana urinib koʻrishga va tajribali insonlarni ishontirishga toʻgʻri keladi. Li 26 yoshida qirolichani ishontira olmagan. Bugun esa uning tamoyili asosida butun dunyoda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Balki sohamizni oʻzgartiradigan navbatdagi gʻoya aynan sizlardan biringizga tegishli boʻlar.