Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
01/06/2026

Bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanmoqda.
Bu sana har bir bolaning haqiqiy bolalikni his etishi naqadar muhim ekanini yana bir bor eslatadi. Mehr va g‘amxo‘rlik, ta’lim olish imkoniyati, oila qo‘llab-quvvatlashi, do‘stlar davrasi, orzular va porloq kelajak — har bir bolaning ajralmas huquqidir.
Global Textile kompaniyasida biz bolalar ulg‘ayishi, bilim olishi va hayotdan quvonch topishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi kerak, deb hisoblaymiz. Shu bois kompaniya bolalar mehnatidan foydalanishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik tamoyiliga qat’iy amal qiladi hamda yosh avlod farovonligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratadi.
Bugun biz ayrim xodimlarimizning oilalarini yo‘qlab, bolajonlar uchun sovg‘alar tayyorladik.
Farzandlarimizning hayotida quvonchli lahzalar, samimiy tabassumlar va unutilmas xotiralar yanada ko‘p bo‘lishini tilaymiz.