Izlash

Xalqaro brendlar Global Textile da

16/10/2025

Xalqaro brendlar Global Textile da

Heimtextil • Apparel Sourcing • Texworld birlashtirilgan ko‘rgazmasi doirasida xalqaro brendlar vakillari uchun Toshkentdagi Global Textile korxonamizlardan birida ishlab chiqarish bo‘yicha maxsus tur tashkil etildi.

Mehmonlar ip yigirish jarayonining “oshxonasi”ni ko‘rdi: dastlabki texnologik amallar, har bir uchastkada sifatga yondashuv, ma’lumotlarni tekshirish uchun raqamli vositalar, ekologik yechimlar va jarayonlar intizomi taqdim etildi. Muhim masalalar muhokama qilindi: qachon va qancha jo‘natishimiz mumkin, qaysi parametrlarni kafolatlaymiz, qaysi sertifikatlarga egamiz, yetkazib berish qanday yo‘lga qo‘yilgan va ma’lumotlarni qanday tasdiqlaymiz. Kompaniyalar vakillari taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, endi har kuni kiyadigan har bir futbolka ortida qanday mehnat va intizom turganini yaqqol ko‘rganini ta’kidladi.

E’tibor va ishonch uchun rahmat. Ishonamiz, bunday tashriflar yangi kolleksiyalar va hamkorliklarning boshlanishidir. Eshiklarimiz ochiq: keling, birga daladan yorliqqacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tamiz va g‘oyalarni tayyor mahsulotga aylantiramiz.