Xavfsizlik mas'uliyatdan boshlanadi
18/12/2024



Texnika xavfsizligini saqlash — bu ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida, ayniqsa xavfli moddalarga ishlov berishda ishonchli faoliyatni kafolatlaydigan muhim prinsipdir.
Qoidalarning yoki texnologik jarayonlarning buzilishi sababli yuzaga kelgan holatlar xodimlarni o‘qitish, ko‘rsatmalarga qat'iy rioya qilish va doimiy nazorat qilishning naqadar muhimligini eslatib turadi.
Global Textile korxonalarida xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. Biz favqulodda holatlarda harakat qilish, xavflarni oldini olish choralari va yong‘inga chidamsiz materiallar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha instruktaqlar va o‘quv tadbirlarini o‘tkazamiz.
Tizimli yondashuv, mas'uliyat va detallarga e'tibor — bizga xavfsiz va barqaror ish muhitini yaratishga yordam beradigan asosiy tamoyillardir.