Xodimlarimiz Laxordagi ko‘rgazmada!
11/02/2025



Global Textile kompaniyasi bugun Pokistonning Laxor shahrida o‘tkazilayotgan "Made in Uzbekistan" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatimizning yetakchi ishlab chiqarish sohalarini namoyish etadi.
Biz uchun bu nafaqat ko‘rgazma, balki hamkorlar bilan uchrashish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish va o‘zbek tekstilining xalqaro maydondagi salohiyatini namoyish etish imkoniyati hamdir. Ishonchimiz komilki, mahsulotlarimiz va tajribamiz xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otadi hamda kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi yo‘llar ochadi.
Tadbir juda mazmunli va sermahsul bo‘lishi kutilmoqda. Biz esa ushbu yirik voqeaning bir qismi ekanligimizdan mamnunmiz!