Yechimlar dalada boshlanadi
23/04/2025

Bekobod tumanida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida seminar bo‘lib o‘tdi. Global Textile mutaxassislari hokimiyat vakillari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa agrar soha ekspertlari bilan birgalikda muhim masalalarni muhokama qildi: agrotexnologiyalarni rivojlantirish, o‘simliklarni himoya qilish, hosildorlikni oshirish va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash.
Seminarni daladan boshladik — mirishkorlar bilan suhbat, joylardagi holat bilan tanishuv, haqiqiy ehtiyojlar va imkoniyatlar haqida bevosita suhbatlar. Shu sababli uchrashuv birgina nazariyaga emas, amaliy yechimlarga yo‘naltirildi.
Bunday uchrashuvlar davlat va xususiy sektor hamkorligini mustahkamlash, umumiy tushunchani shakllantirish va barqaror rivojlanish uchun kuchli asos yaratishga xizmat qiladi.