Izlash

Yig‘im-terimga tayyorgarlik

26/05/2025

Bekobod tumanida "Bug‘doy hosilini o‘z vaqtida yig‘ishtirib olishga tayyorgarlik ko‘rish" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar Global Textile va mahalliy hokimiyat hamkorligida tashkil etildi. Unda g‘alla o‘rimiga jalb etilgan kombaynchilar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda ishlar ketma-ketligi, jalb etiladigan texnika, vazifalarning taqsimoti va ko‘rsatiladigan yordam choralari muhokama qilindi. Yig‘im-terim mavsumida barcha xizmatlarning hamjihatlikda ishlashiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda Bekobod tumani hokimi ishtirok etib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi va hosilni yig‘ib olishda muddat va intizomga qat’iy rioya qilish muhimligini ta’kidladi.