11 yilda 117 ming tonna ip: tasavvur qilish qiyin bo‘lgan raqamlar
02/06/2026

Futbolka, Yer shari va Afrika fillarining o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Ularning barchasi Global Textile kompaniyasi 11 yil davomida ishlab chiqargan ip hajmini tasavvur qilishga yordam beradi.
Shu vaqt mobaynida kompaniya qariyb 117 ming tonna ip ishlab chiqardi. Bu hajm naqadar katta ekanini quyidagi misollar orqali tasavvur qilish mumkin:
• bu 19 mingdan ortiq voyaga yetgan Afrika fillarining vazniga teng;
• agar ishlab chiqarilgan barcha iplarni bitta uzluksiz ipga aylantirsak, u Yer sharini qariyb 148 ming marta aylanib chiqishi mumkin;
• bu deyarli 600 million dona futbolka ishlab chiqarish uchun yetarli hajmdir — bu miqdor bilan Yevropa aholisining katta qismini kiyintirish mumkin bo‘lardi.
To‘qimachilik sanoati uchun bunday ko‘rsatkichlar, avvalo, ishlab chiqarish quvvati, jarayonlarning barqarorligi va uzoq muddat davomida yirik hajmlarda ishlash imkoniyatini anglatadi.
Bu raqamlar ortida ishlab chiqarishni rivojlantirishga bag‘ishlangan 11 yil, minglab xodimlarning mehnati, katta tizimning kundalik faoliyati hamda xomashyodan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni doimiy takomillashtirish ishlari mujassam.
Aynan shu omillar bugungi kunda Global Textile kompaniyasiga yuqori hajmlarda barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash imkonini bermoqda.