Agro yo‘nalishi rahbarlari uchun Liderlik maktabi
08/01/2026

Global Textile kompaniyasida biz uchun natija - bu avvalo odamlar. Barqaror rivojlanish, kuchli rahbarlar va to‘g‘ri boshqaruvsiz bo‘lmaydi. Shu sababli jamoalar bilan ishlashda yetakchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratyapmiz.
Mashg‘ulotlar agro yo‘nalishi rahbarlari uchun yo‘lga qo‘yilgan, ular har kuni jamoalar bilan ishlaydi va muhim qarorlar qabul qiladi. Mashg‘ulotlar davomida xodimlar bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, murakkab vaziyatlarda yechim topish hamda jamoa bilan birga natijaga erishish masalalari muhokama qilinadi. Bunday bilimlar o‘z rolini yaxshiroq anglashga, jamoa ichidagi hamkorlikni kuchaytirishga va rivojlanish hamda o‘sishga undovchi ish muhitini yaratishga yordam beradi.
Kurs dasturi agro yo‘nalishi rahbarlari uchun mo‘ljallangan eng yaxshi amaliyotlar hamda xalqaro tajribaga asoslangan bo‘lib, ular haqida Germaniyadan taklif etilgan maslahatchimiz, iqtisod fanlari doktori Bodo Tenz tomonidan ma’lumot berildi.
Asosiy e’tibor boshqaruvning amaliy vositalariga, odamlar bilan ishlashga, puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilishga va barqaror natijalarga erishishga qaratilgan. Yetakchilik salohiyatini izchil rivojlantirish jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yetuk korporativ muhitni shakllantirish hamda barcha darajalarda mas’uliyat va tashabbusni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.