Izlash

Asalarilar halok bo‘lmoqda…

22/07/2025

Asalarilar halok bo‘lmoqda…

Yaqinda ommaviy axborot vositalarida bir xabar tarqaldi: paxta dalalarida kimyoviy ishlovlar sabab, minglab asalari oilalari nobud bo‘lmoqda. Bu holat nafaqat asalarichilarni, balki butun ekotizimni xavotirga solmoqda, chunki changlatishsiz hosil ham bo‘lmaydi.

Biz Global Textile’da bu mavzuga jiddiy yondashdik. Dalalarimizda vaziyatni o‘rganish uchun mustaqil mutaxassisni taklif qildik va ichki tekshiruv o‘tkazdik.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, asalarilar bizning plantatsiyalar atrofida erkin harakat qiladi, ularning hayotiga xavf yo‘q. Biz foydalanadigan paxta navi va ishlov berish usullari tabiatga zarar yetkazmaydi.

Bu esa biz uchun muhim ko‘rsatkich, mahsulotimiz nafaqat sifatli, balki ekologik xavfsiz ham degani.