Ayollar bandligi va yangi imkoniyatlar
21/05/2026

Ayollar uchun ish — bu shunchaki daromad manbai emas. Bu barqarorlik, o‘ziga bo‘lgan ishonch va kelajak sari dadil qadamdir.
Bugungi kunda Global Textile kompaniyasining tikuvchilik yo‘nalishida yuzlab ayollar faoliyat yuritmoqda. Kimdir bu yerda ilk kasbini o‘rganmoqda, kimdir esa hayotida yangi bosqichni boshlamoqda.
Eng muhimi, vaqt o‘tishi bilan inson o‘z mehnatining qadrini, jamoaning qo‘llab-quvvatlashini va o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini his qila boshlaydi.
Ayollar bandligi va yangi ish o‘rinlari yaratish mavzusi Farg‘ona MTRK reportajida ham yoritildi. Unda kompaniyamiz faoliyati haqida ham so‘z bordi.
Biz haqimizdagi to‘liq reportajni bizning You Tube kanalimizorqali tomosha qilishingiz mumkin.