Barqaror kelajak sari birga
28/02/2025



O‘zbekiston bo‘ylab tashrifi doirasida Better Cotton'ning a'zolik va ta’minot zanjiri bo‘yicha katta direktori Eva Kleyton barqaror paxtachilikka bag‘ishlangan bir qator muhim tadbirlarda ishtirok etdi. U Milliy barqaror paxta yetishtirish forumi hamda hukumat va biznes vakillari bilan uchrashuvlarda qatnashdi. Global Textile xodimlari ushbu muhokamalarda faol ishtirok etib, soha rivoji, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsiyalarni joriy etish yo‘llarini muhokama qildilar.
Tashrif yakunida Eva Kleyton bizning Farg‘onadagi ishlab chiqarish korxonalarimizga ham tashrif buyurdi. Biz ishlab chiqarish quvvatlarimiz, mas’uliyatli paxtachilik yondashuvimiz va xalqaro barqarorlik standartlariga muvofiqligimizni namoyish etdik. Ish jarayonlarining keng ko‘lami va tashkilotchilik darajasidan taassurot olgan xonim Kleyton kelgusidagi hamkorlik muhimligini alohida ta’kidladi.
Ishonamizki, bizni oldinda yana ko‘plab imkoniyatlar va yangi loyihalar kutmoqda!