Izlash

Baxt rasmlarda aks etganda

12/06/2026

Baxt rasmlarda aks etganda

B

Baxt nima?

Ba’zan bu savolga bolalar kattalardan ham yaxshiroq javob bera oladi.

12-iyun — Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni munosabati bilan biz rassomchilik maktabi tarbiyalanuvchilaridan baxt nimaligini rasmlar orqali tasvirlab berishni so‘radik.

Rasmlarda oila, do‘stlar, maktab, ijod, sevimli mashg‘ulotlar va orzular aks etdi.

Hech kim mehnatni chizmadi.

Bu esa bizga eng muhim haqiqatni yana bir bor eslatdi: bolalik bolalarga tegishli bo‘lishi kerak.

Bolalar o‘qishi, rivojlanishi, orzu qilishi va dunyoni kashf etishi kerak.

Global Textile bolalar va majburiy bolalar mehnatining har qanday shaklini qat’iyan rad etadi hamda har bir bola g‘amxo‘rlik, imkoniyatlar va porloq kelajakka ishonch bilan to‘la baxtli bolalikka loyiq, deb hisoblaydi.