Izlash

BCI hamkorlik uchrashuvi

30/03/2026

BCI hamkorlik uchrashuvi

27–28 mart kunlari Farg‘onada Better Cotton Initiative (BCI) hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda bir nechta paxta-to‘qimachilik klasterlari vakillari ochiq muloqot formatida ishtirok etib, Better Cotton standartini joriy etish amaliyotini muhokama qildilar, tajriba almashdilar va jarayonlarning amalda qanday ishlashini kuzatdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar barqaror qishloq xo‘jaligi, agronomiya va entomologiya sohalarida innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashdilar. Shuningdek, gender tengligi masalalari va ayollarning soha rivojidagi o‘rni alohida e’tiborda bo‘ldi.

Panel muhokamasi 2026–2027 yilgi mavsumning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan standartlardagi yangilanishlar va barqaror amaliyotlarni rivojlantirish masalalarini qamrab oldi. Asosiy e’tibor hamkorlikni kuchaytirish, bilim almashish va ishtirokchilarning salohiyatini oshirishga qaratildi.

Amaliy qism Global Textile’ning ishlab chiqarish obyektlarida tashkil etildi. Ishtirokchilar jarayonlarni bevosita kuzatish, savollar berish va nazariyani amaliyot bilan solishtirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bunday uchrashuvlar eng muhim narsa ya'ni tushuncha, tajriba almashish va birgalikda oldinga harakat qilish keragligini ko'rsatadi. Ushbu ikki kunlik tadbirda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz.