
Bugun minglab bolalar yana maktab partalariga o‘tirdi. Va odatiy savollar orasida albatta biri yangraydi: «Katta bo‘lsang, kim bo‘lasan?»
Kimdir dasturchi bo‘lishini aytadi. Kimdir muhandis, dizayner, agronom yoki shifokor bo‘lishni orzu qiladi. Yana kimdir esa bu savolga javobini hali ko‘p marta o‘zgartiradi.
Bugun Global Textile’da 7 200 dan ortiq kishi faoliyat yuritadi va kompaniyamizda yuzlab turli kasblar jamlangan. Agronomlar va texnologlar, muhandislar va dasturchilar, dizaynerlar va konstruktorlar, mexaniklar, sifat, moliya va logistika sohasidagi mutaxassislar — bularning barchasi katta jamoamizning bir qismi.
Yangi ryukzakli birinchi sinf o‘quvchisiga qarab, uning o‘n besh yoki yigirma yildan keyin kim bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Balki bugungi o‘quvchilardan kimdir yangi materiallar va texnologiyalar yaratadi, kimdir o‘z kompaniyasiga rahbarlik qiladi, yana kimdir bir kun kelib Global Textile jamoasiga qo‘shiladi. Biz esa o‘sha paytga kelib ularga bugun hali mavjud bo‘lmagan kasblarni ham taklif qila olishimizni tasavvur qilishni yaxshi ko‘ramiz.
Hozircha esa oldinda ilk dars, yangi bilimlar va ko‘plab kashfiyotlar bor.
Bilimlar kuni muborak! Barchaga muvaffaqiyatli, qiziqarli va samarali o‘quv yilini tilaymiz!