Izlash

Biznes muloqoti

13/03/2026

Biznes muloqoti

12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Prezident Administratsiyasi vakillari hamda xususiy sektor ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir paxta-to‘qimachilik sohasidagi dolzarb masalalar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Uchrashuv ochiq muloqot formatida o‘tkazildi va unda soha vakillari, davlat idoralari hamda tegishli tashkilotlar qatnashdi. Bunday format ishtirokchilarga aniq masalalarni ko‘tarish va ularning yechimlari bo‘yicha takliflarni bevosita muhokama qilish imkonini berdi.

Global Textile kompaniyasi bosh direktori hamda Yengil sanoat bo‘yicha Jamoatchilik kengashi raisi Muzaffar Razakov ham muhokamada ishtirok etib, qatnashchilarning savollariga javob berdi va soha vakillari bilan fikr almashdi.

Muhokamalar yakunida bunday uchrashuvlar biznes va davlat tuzilmalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot uchun muhim platforma ekani ta’kidlandi. Ishtirokchilar ushbu formatni muntazam ravishda davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni chuqurroq o‘rganish hamda ilgari surilgan tashabbuslarning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.