
Yarim million.
Taxminan shuncha alohida tola bitta paxta ko‘sagida bo‘lishi mumkin.
Oddiy oq paxta bo‘lagidek ko‘ringan bu mahsulot aslida inson o‘zlashtirgan eng murakkab tabiiy tuzilmalardan biridir. Inson uni ip-kalava, mato va har kuni foydalanadigan mahsulotlarga aylantirishni o‘rgangan.
Bitta kichik paxta ko‘sagida tabiat, ilm-fan, qishloq xo‘jaligi va ulkan sanoat mujassam. Balki paxtaning kalendarda o‘z kuniga ega bo‘lishi uchun buning o‘zi yetarlidir.
7-oktabr — Butunjahon paxta kuni.
Global Textile jamoasi paxtani yetishtirayotgan, u bilan ishlayotgan, uni o‘rganayotgan va kundalik hayotimizning bir qismiga aylanadigan mahsulotlarga aylantirayotgan barcha insonlarni ushbu sana bilan tabriklaydi.