Chet elda ishlashmi yoki o'z yurtingda?
09/09/2025

Yaqinda internetda bir video tarqaldi: unda chet davlatda ishlayotgan o‘zbek ishchisiga «uyingda ish yo‘q» deb haqorat qilindi. Bunday voqealar ko‘pchilikni larzaga soladi, chunki minglab odamlarning chet elga ketishiga sabab bo‘ladigan og‘riqli haqiqatni ko‘rsatadi.
Global Textile misolida esa boshqa manzara mavjud: O‘zbekistonda ham munosib ish topish, oilaning yonida bo‘lish va o‘z mehnatiga hurmatni his qilish mumkin.
Aynan shu mavzu Better Cotton Uzbekistan dasturi doirasida o‘tkazilgan «Munоsib mehnat — Better Cotton 2025/26 barqaror paxta ishlab chiqarishining asosi» seminarida ham muhokama qilindi. Bizning jamoa ham unda faol qatnashdi.
Biz uchun «munоsib mehnat» — bu o‘z yeringda qadrlanish, xavfsiz sharoitda ishlash, o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lish va kelajakka ishonch bilan qarashdir. Shunday muhit shakllanganda ham odamlar, ham butun tarmoq yutadi.