Izlash

Cho‘qqilar sari qadam-baqadam!

13/12/2024

Tasavvur qiling, bo‘ronli dengizda ikki kema. Birini kapitan qat’iy ravishda ko‘rsatmalar va protokollarga amal qilib boshqaradi. Ikkinchisini esa, jamoani bo‘ronni yengib, qirg‘oqqa yetishga ilhomlantirayotgan inson boshqaradi. Qaysi biri kemani maqsadga tezroq olib boradi?

Javob oddiy: liderlik – bu qoidalarni bajarish emas, balki har bir jamoa a’zosining yuragida olovni yoqish va ularni umumiy maqsad uchun birlashtirish qobiliyatidir. Ana shunday liderlarni biz Global Textile’dagi "Liderlar maktabi" da tayyorlaymiz.

Oldinroq aytib o‘tganimizdek, birinchi mavsumda bizlarningiste’dodli ishtirokchilarimiz ikki oy davomida darslarda faol qatnashdilar. Ular boshqaruv san’atini o‘rgandilar, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdilar, murakkab sharoitlarda qarorlar qabul qilishni va boshqalarni harakatlantirishni o‘rgandilar.
Hozirda ishtirokchilarimiz yakuniy test sinovi va bitiruvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu shunchaki ularning o‘qishini yakunlash emas, balki yangi martaba yo‘li uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ladi.


Biz barchani chorlaymiz! Orzu qiling, harakat qiling, lider bo‘ling.
Mayli, bu qadam buyuk ishlar sari boshlagan yo‘lingizning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lsin. Axir har bir bo‘ron - bu imkoniyat bo‘lgan dunyoda yelkanni ko‘tarishdan qo‘rqmaydigan odam yetakchiga aylanadi!