
Yerda mehnat qilish katta sabr, kuch va o‘z ishiga mehr talab etadi. Ayollarimiz buni o‘z tajribalaridan juda yaxshi bilishadi.
Global Textile dalalarida ular erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilishadi. Erta tongdan dalaga chiqib, jazirama quyosh ostida ishlashadi, murakkab vazifalarni uddalashadi va hamkasblariga doimo yordam berishga tayyor turishadi. Ularning ko‘pchiligi yillar davomida qishloq xo‘jaligida ishlab, yerning xususiyatlarini va paxta yetishtirishning har bir bosqichini puxta o‘rganishgan.
Ayniqsa, hozirgi paxta yig‘im-terimi mavsumida ularning mehnati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayollarimizning g‘ayrati, matonati va samimiyati bizni doimo hayratga soladi. Ish qanchalik qizg‘in bo‘lmasin, ular bir-biriga yaxshi so‘z aytishga, tabassum qilishga va dalda berishga vaqt topishadi.
15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kunida biz hamkasblarimizga va qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan barcha ayollarga chuqur hurmatimizni izhor etamiz.
Sizning mehnatingizni, sabr-toqatingizni va o‘z ishingizga bo‘lgan mas’uliyatingizni yuksak qadrlaymiz. Siz bilan bir jamoada ishlayotganimizdan faxrlanamiz!