Izlash

Dual ta’lim tizimi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish

13/03/2025

Zamonaviy iqtisodiyot nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay oladigan yuqori malakali kadrlarni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-sonli farmonida oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda Global Textile Farg‘ona Politexnika Instituti bilan hamkorlikda dual ta’lim dasturini rivojlantirib, tekstil sanoati uchun talabgir mutaxassislarni tayyorlash uchun sharoit yaratmoqda.

Dual ta’lim tizimi mutaxassislar tayyorlashning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish tajribasi bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi.

Mazkur dastur doirasida Farg‘ona Politexnika Institutining "Yengil sanoat va tikuvchilik ishlab chiqarishi" fakultetidan 30 nafar talaba bizning korxonamizda amaliyot o‘tamoqda. Talabalarga ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish, yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish va o‘z bilimlarini real sharoitda qo‘llash imkoniyati yaratilgan.

Global Textile dual ta’lim tizimi asosidagi loyihalarni doimiy ravishda rivojlantirib, yosh mutaxassislar uchun kasbiy rivojlanish platformasini yaratmoqda.
Bunday yondashuv yosh kadrlarning soha talablariga moslashishiga va o‘z kasbiy faoliyatini ishonch bilan boshlashiga yordam beradi.