Izlash

Food Agricultural Organization

04/12/2025

Food Agricultural Organization

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (Food Agricultural Organization – FAO) vakillari Global Textile korxonamizga tashrif buyurdi.
Ular bilan hozirgi paxtachilik uchun dolzarb bo‘lgan masalalar – suv taqchilligi, tuproqning holati, ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildik.

Muloqot davomida Global Textile dalalarida yangi sug‘orish usulini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha pilot loyiha boshlashga kelishib oldik. Ushbu loyiha orqali biz mazkur yondashuvning amaliy natijalarini ko‘rib, uning samaradorligini baholaymiz. FAO jamoasi ushbu jarayonni hamkorlikda olib boradi va o‘z ekspert yordamini taqdim etadi.

Ushbu tashabbus bizga xalqaro tajribani amalda qo‘llash hamda zamonaviy agrotexnologiyalar samaradorligini o‘z sharoitimizda sinab ko‘rish imkonini beradi.

FAO jamoasiga mazmunli tashrif va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz.