Global Textile 75 ming gektar yer maydonini qanday boshqaradi?

Bizga ko‘p beriladigan savollardan biri: Global Textile sakkizta tuman va uchta viloyatdagi 75 ming gektar yer maydonini qanday boshqaradi? Bunday ko‘lamdagi ishlar qanday tashkil etilgan, qanday texnologiyalardan foydalanamiz va qanday natijalarga erishilmoqda?

Bu savollarga javob berish va ishlarimizning oraliq natijalarini ko‘rsatish maqsadida jurnalistlar, mualliflar va media sohasi vakillari uchun press-tur tashkil etdik.

Tanishuv Situatsion markazdan boshlandi. Bu yerda mehmonlar raqamlashtirish va sun’iy intellekt dalalardan ma’lumot olish, har bir gektarni nazorat qilish va katta jamoa faoliyatini muvofiqlashtirishga qanday yordam berayotganini ko‘rdilar.

Shundan so‘ng ishtirokchilar ayni paytda hosil yig‘imi olib borilayotgan dalalarga yo‘l oldilar. Ular paxtani qo‘lda va mexanizatsiyalashgan usulda yig‘ish jarayonlarini ko‘rib, joylardagi xodimlar bilan suhbatlashdilar hamda hosildorlik bo‘yicha joriy ko‘rsatkichlar bilan tanishdilar.

Kunning davomi Global Textile rahbari Muzaffar Razakov bilan ochiq muloqotga ulanib ketdi. U muntazam ravishda dalalarga chiqib, mazkur boshqaruv tizimini yaratishda bevosita ishtirok etgani sababli suhbat amaliy va aniq ruhda o‘tdi. Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, texnologiyalar, mavjud muammolar va kompaniyada yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida fikr almashildi.

Global Textile uchun rivojlanish, avvalo, jarayonlarning yanada aniq, boshqaruvning samarali bo‘lishi va erishilayotgan natijalar orqali soha hamda mamlakat uchun yangi imkoniyatlar yaratish demakdir. Bu jarayonlarga press-tur ishtirokchilari nigohi bilan qarash, ularning fikrini eshitish va ishlarimiz tashqaridan qanday ko‘rinishini bilish biz uchun muhim. Ularning materiallarini kutamiz va albatta, o‘z qarashlari bilan bo‘lishamiz.